- Bu yil avval hech qachon qilmagan qaysi ishni qildingiz?
- Yangi yilga bergan va’dalaringizni bajardingizmi?
- Biror yaqiningiz farzandli bo‘ldimi?
- Biror yaqiningiz vafot etdimi?
- Qaysi shahar, region yoki mamlakatlarga safar qildingiz?
- Bu yil sizga yetishmagan narsalardan qaysi biri kelgusi yilda bo‘lishini xohlaysiz?
- Bu yilning qaysi sanalari xotirangizda muhrlanib qoladi va nega?
- Yil davomidagi eng katta yutug‘ingiz nima bo‘ldi?
- Eng katta muvaffaqiyatsizlik nima bo‘ldi?
- Yana qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?
- Sog‘lig‘ingizda muammolar yoki jarohatlar bo‘ldimi?
- Sotib olgan eng yaxshi narsangiz nima bo‘ldi?
- Kimning xulq-atvori yoki harakati tahsinga loyiq bo‘ldi?
- Kimning xatti-harakati sizni hayratda qoldirdi (salbiy ma’noda) yoki ranjitdi?
- Pullaringizning asosiy qismi nimaga sarflandi?
- Nimadan juda-juda hayajonlandingiz?
- Qaysi qo‘shiq sizga doim shu yilni eslatib turadi?
- O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda siz: baxtliroqmisiz yoki g‘amginroq? Boyroqmisiz yoki kambag‘alroq? Sog‘lomroqmisiz yoki aksincha?
- Nima bilan ko‘proq shug‘ullanishni xohlaysiz?
- Nimani kamroq qilishni xohlar edingiz?
- Bayram kunlarini qanday o‘tkazyapsiz?
- Bu yil kimnidir sevib qoldingizmi?
- Hozir nafratlanadigan, ammo o‘tgan yili bunday bo‘lmagan biror kimsa bormi?
- Eng sevimli serialingiz qaysi bo‘ldi?
- O‘qigan eng yaxshi kitobingiz qaysi?
- Yil davomida topgan eng katta musiqiy kashfiyotingiz nima bo‘ldi?
- Sevimli filmingiz qaysi?
- Sevimli taomingiz?
- Nimani juda xohladingiz va unga erishdingiz?
- Nimani xohladingiz-u, lekin erisha olmadingiz?
- Tug‘ilgan kuningizni qanday nishonladingiz?
- Nima yilingizni beqiyos darajada qoniqarli qilishi mumkin edi?
- Bu yilgi shaxsiy kiyinish uslubingizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz?
- Ruhiy muvozanatingizni saqlashga (yoki taslim bo‘lmaslikka) nima yordam berdi?
- Qaysi mashhur shaxsga ko‘proq qoyil qoldingiz?
- Qaysi siyosiy masala sizni ko‘proq tashvishga soldi yoki qiziqtirdi?
- Kimni sog‘indingiz?
- Siz tanishgan eng yaxshi yangi inson kim bo‘ldi?
- Bu yil qanday muhim hayotiy saboq oldingiz?
- Yilingizni sarlavha qilib beruvchi iqtibos (quote) qaysi?